QöllanmaDiktant qanday baholanadi

Texnik

Diktant qanday baholanadi

Diktantni tekşiruvçi algoritm: tokenizatsiya, Levenshtein alignment, xatolarni turlarga ajratiş va baholaş şkalasi.

5 daqiqa öqiş

Imlo Go foydalanuvçi tomonidan yozilgan diktant matnini original matn bilan soliştiriş, xatolarni aniqlaş va baholaş uçun maxsus algoritmlardan foydalanadi. Bu bölimda tekşiruvçi algoritm — DiktantEvaluator (src/lib/app/evaluator.ts) qanday işlaşi tuşuntiriladi. Veb-sayt va mobil ilova bir xil algoritmdan foydalanadi.

Umumiy arxitektura

Tekşiriş jarayoni quyidagi asosiy bosqiçlardan iborat:

Foydalanuvchi matni → Tokenizatsiya → Normallashtirish → Alignment
    → Xatolarni aniqlash → Klassifikatsiya → Baholash → Natija

Har bir bosqiç alohida funksiya sifatida amalga oşirilgan bölib, bir-biriga ketma-ket boğlangan.

Tokenizatsiya

Birinçi bosqiçda original va foydalanuvçi matnlari tokenlarga — sözlar va tiniş belgilariga ajratiladi.

Sözlar (lotin va kirill harflari, içida tutuq belgisi bölişi mumkin) va tiniş belgilari ketma-ketligi bitta muntazam ifoda bilan ajratib olinadi:

const TOKEN_REGEX =
    /([a-zA-Z\u00C0-\u024F\u0400-\u04FF]+(?:['\u2018\u2019\u02BB][a-zA-Z\u00C0-\u024F\u0400-\u04FF]+)*)|([.,;:!?\-\u2013\u2014()«»"\u201C\u201D\u2026]+)/g;

Misol:

  • Kiriş: "Salom, dunyo!"
  • Natija: ["Salom", ",", "dunyo", "!"]

Normallaştiriş

Tokenlar soliştirişdan oldin bir xil körinişga keltiriladi:

  • Barça harflar kiçik harfga ötkaziladi
  • Özbek maxsus belgilari standartlaştiriladi: ў → o', ғ → g'
  • Turli tutuq belgilari yagona şaklga keltiriladi: ', ʻ, ' → '
  • Qöştirnoqlar normallaştiriladi: ", ", «, » → "

Nima uçun kerak? Harf registri yoki ў vs o' kabi yozuvdagi farqlar tufayli notöğri xato topilişining oldini oliş uçun. Boş harf xatosi alohida tekşiriladi.

Levenshtein alignment algoritmi

Bu algoritmning eng muhim qismi — original va foydalanuvçi tokenlarini juftlaştiriş. Buning uçun Levenshtein masofasi (Wagner-Fischer) algoritmi qöllaniladi.

Algoritmning işlaş printsipi:

  1. (n+1) × (m+1) ölçamli DP matritsa tuziladi
  2. Har bir katak uçun minimal tahrir masofasi hisoblanadi
  3. Traceback — orqaga qaytib juftliklar aniqlanadi

Juftlik turlari:

TurMa'nosi
MATCHTokenlar mos keladi
SUBSTITUTIONToken almaştirilgan (xato)
DELETIONOriginaldagi token foydalanuvçida yöq
INSERTIONFoydalanuvçida ortiqça token bor

Misol:

  • Original: ["Salom", ",", "dunyo"]
  • Foydalanuvçi: ["Salom", "aziz", "dunyo"]
  • Natija: MATCH(Salom), DELETION(,), INSERTION(aziz), MATCH(dunyo)

Xatolarni klassifikatsiya qiliş

Har bir juftlangan token farqi xato turiga ajratiladi:

Xato turlari

Tört tur: IMLO (imloviy), PUNKTUATSION (tiniş belgilari), USLUBIY (paronimlar) va GRAFIK (oʻ/gʻ belgisi).

DELETION (Tuşib qolgan token)

Token turiXato kodiIzoh
Tiniş belgisipunkt_tushibqolgan_umumiyVergul, nuqta va h.k.
Sözimlo_tushibqolgan_guruhKetma-ket tuşib qolganlar bitta xato
5+ sözimlo_katta_hajm_tushibqolganKatta hajmli tuşib qoliş

INSERTION (Ortiqça token)

Token turiXato kodiIzoh
Tiniş belgisipunkt_ortiqcha_umumiyOrtiqça tiniş belgisi
Sözimlo_ortiqcha_guruhKetma-ket ortiqçalar bitta xato

SUBSTITUTION (Almaştiriş) — eng murakkab qism

Söz almaştirilganda quyidagi tekşiruvlar ketma-ket amalga oşiriladi:

  1. Grafik xato — oʻ yoki gʻ dagi belgi tuşib qolgan («o‘zbek» → «ozbek»)
  2. Boş harf xatosi — faqat registr farqi bölsa
  3. h/x almaşinuvi — imlo_h_x_almashinuvi
  4. Tutuq belgisi — tuşib qolgan yoki ortiqça tutuq belgisi
  5. Klaviatura yaqinligi — yonma-yon tugmalar tufayli yuzaga kelgan xato (jarima koeffitsienti: 0.5)
  6. Umumiy imlo xatosi — yuqoridagilardan heç biri topilmasa
// Klaviatura yaqinligi (QWERTY): yonma-yon tugmalar
const ADJACENT_KEYS: Record<string, string[]> = {
    q: ['w', 'a'],
    w: ['q', 'e', 's', 'a'],
    // ... barcha tugmalar uchun
};

Maxsus qoidalar

Tutuq belgisi tekşiruvi

Özbek tilida tutuq belgisi (') muhim ahamiyatga ega. Tizim quyidagilarni aniqlaydi:

  • Tuşib qolgan tutuq belgisi — to'g'ri örniga togri
  • Ortiqça tutuq belgisi — so'z örniga so'z'

Boş harf qoidasi

Agar ikkita söz faqat boş harf bilan farq qilsa (Toshkent vs toshkent), bu alohida imloviy xato sifatida qayd etiladi.

Sözlarni qöşib/ajratib yoziş

  • Qöşib yoziş: "bugun" + "kecha" → "bugunkecha" — imlo_sozlar_qoshib_yozilgan
  • Ajratib yoziş: "bugunkecha" → "bugun kecha" — imlo_soz_ajratib_yozilgan

Paronimlar (uslubiy xatolar)

Ma'nosi yaqin, lekin farqli sözlar:

  • abzal vs afzal
  • sher vs she'r
  • hol vs xol

"Bir tipdagi xato" qoidasi

Agar bir xil xato bir neça joyda takrorlansa, u bitta xato deb hisoblanadi. Masalan, agar foydalanuvçi "Toshkent" sözini 3 marta "Toshken" deb yozsa — bu 1 ta unikal imlo xatosi.

private addError(type: ErrorType, description: string, original: string, user: string, code: string, multiplier = 1) {
    this.detectedErrors.push({ type, description, originalFragment: original, userFragment: user, specificRuleCode: code, penaltyMultiplier: multiplier });
    // Har bir turdagi unikal xato kodlari — baho shular soni bo'yicha qo'yiladi
    this.uniqueErrorCodes[type].add(code);
}

Baholaş unikal xatolar soni asosida amalga oşiriladi.

Katastrofik nomuvofiqlik

Agar foydalanuvçi matni originalga umuman öxşamasa (masalan, juda qisqa yoki ma'nosiz sözlar kiritilsa), tizim buni alohida aniqlaydi:

Matn juda qisqa bölsa va asl matn bilan mos sözlar uluşi juda kiçik bölsa, imlo_katastrofik_nomuvofiqlik xatosi qöşiladi va keyingi tahlil töxtatiladi.

Bu holda avtomatik ravişda 1 baho (5 ballik) yoki 0 ball (100 ballik) qöyiladi.

Baholaş şkalasi

5 ballik tizim

Baho unikal xatolar soni böyiça, yuqoridan pastga birinçi mos kelgan qator böyiça qöyiladi:

BahoŞart
5jami xatolar ≤ 1
4imloviy ≤ 2 va jami ≤ 4
3imloviy ≤ 4 va jami ≤ 8
2imloviy ≤ 7 va jami ≤ 14
1qolgan barça holatlar yoki katastrofik xato

100 ballik tizim

Har bir aniqlangan xato uçun balldan ayriladi:

Xato turiJarimaMisol
Imloviy-2.5 ball"Toshken" → -2.5
Punktuatsion-2.0 ballVergul tuşib qolişi → -2.0
Uslubiy-1.5 ballParonim xatosi → -1.5
Grafik-1.5 ball«o‘zbek» → «ozbek»

penaltyMultiplier koeffitsienti hisobga olinadi (masalan, klaviatura yaqinligi uçun 0.5).

evaluate100PointScale(): number {
    if (this.hasCriticalError) return 0;
    const penalties = { IMLO: 2.5, PUNKTUATSION: 2, USLUBIY: 1.5, GRAFIK: 1.5 };
    let score = 100;
    for (const error of this.detectedErrors) score -= penalties[error.type] * error.penaltyMultiplier;
    return Math.min(100, Math.max(0, score));
}

Xulosa

DiktantEvaluator algoritmi bir neça bosqiçli yondaşuvdan foydalanadi: tokenizatsiya, normallaştiriş, Levenshtein alignment va xatolarni klassifikatsiya qiliş. "Bir tipdagi xato" va "katastrofik nomuvofiqlik" kabi maxsus holatlar ham hisobga olinadi. Natija bir neçta baholaş usulida çiqariladi.

Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.