Texnik
Texnik qöllanma
Imlo Go arxitekturasi: Next.js veb-sayt, Flutter ilova, PocketBase kolleksiyalari va transliteratsiya luğati.
3 daqiqa öqiş
Imlo Go ikki qismdan iborat: veb-sayt (imlogo.uz) va mobil/desktop ilova (Flutter). Ikkalasi ham bitta PocketBase serveri (admin.imlogo.uz) bilan işlaydi.
Texnologiyalar
| Qism | Texnologiya |
|---|---|
| Veb-sayt | Next.js 14 (App Router), React 18, TypeScript, Tailwind CSS |
| Mobil va Windows ilova | Flutter (Riverpod, Hive, audioplayers) |
| Backend | PocketBase — ma’lumotlar bazasi, fayllar, autentifikatsiya |
| Kiriş | Email + parol, Google OAuth2 |
| Poçta | Brevo (parolni tiklaş xatlari) |
Veb-sayt tuzilişi
src/
├── app/
│ ├── (site)/ # landing va qo'llanma
│ └── app/
│ ├── (main)/ # dashboard: diktant, tez yozish, translator,
│ │ # hamjamiyat, natijalar, profil, loyiha haqida
│ ├── diktant/ # diktant yozish sahifasi
│ └── natija/ # diktant natijasi
├── components/app/ # ilova komponentlari (auth, shell, typing, ...)
├── lib/app/
│ ├── evaluator.ts # diktantni tekshiruvchi algoritm
│ ├── typing/ # tez yozish dvigateli
│ ├── account.ts # hisob, natijalarni yuklash, reyting
│ ├── history.ts # natijalar tarixi va ketma-ket kunlar
│ └── storage.ts # brauzer xotirasi (localStorage)
└── lib/translit/ # transliteratsiya qoidalari va lug'at
Ma’lumotlar oqimi
- Diktantlar —
dictationskolleksiyasidan sahifalab yuklanadi; audio fayllar PocketBase fayl omboridan:/api/files/{collectionId}/{recordId}/{fayl}. - Tekşiriş töliq brauzerda bajariladi (
DiktantEvaluator) — matn serverga yuborilmaydi. Algoritm: Diktant qanday baholanadi. - Natijalar avval brauzer xotirasiga yoziladi. Foydalanuvçi kirgan bölsa, nusxasi serverga ham yuboriladi; serverdagi va qurilmadagi natijalar
history.tsda birlaştiriladi.
PocketBase kolleksiyalari
| Kolleksiya | Turi | Kim köradi | Vazifasi |
|---|---|---|---|
dictations | base | hamma | Diktant matnlari va audio |
users | auth | özi | Foydalanuvçilar (ism, avatar) |
typing_results | base | özi | Tez yoziş natijalari |
dictation_works | base | özi | Diktant natijalari (har diktant böyiça bittadan) |
typing_leaderboard (+ _week, _prev_week) | view | hamma | Tez yoziş reytingi |
dictation_leaderboard (+ _week, _prev_week) | view | hamma | Diktant reytingi |
feedback | base | faqat admin | Murojaatlar |
Reytinglar — SQL view kolleksiyalar: ular hisoblangan körsatkiçlarni beradi, email va boşqa şaxsiy ma’lumotlar çiqmaydi. Hafta çegarasi (duşanba 00:00, UTC+5) sörov paytida hisoblanadi, şuning uçun alohida rejalaştirilgan vazifa kerak emas.
Server tomonidagi hooklar:
typing_results.pb.js— natija yozilişidan oldin uning mantiqan töğriligini tekşiradi (WPM terilgan belgilarga mos kelişi kerak);mailer.pb.js— xatlarni Brevo HTTP API orqali yuboradi.
Sxema migratsiyalari repozitoriyda: pocketbase/pb_migrations/.
Transliteratsiya
Qoidalar src/lib/translit/core.ts da, istisnolar luğati — public/translit/lexicon.txt (har qatorda «lotinça-kalit kirillça»). Luğat faqat translator yoki tez yoziş oçilganda yuklanadi (~27 KB, gzip).
Luğat qayta yiğiladi va tekşiriladi:
npm run translit:build # ../sources dagi so'zlar ro'yxatidan lexicon.txt yasaydi
npm run translit:test # transliteratsiya testlari
Yiğiş ğoyasi: kirill yozuvi bir qiymatli. Har bir kirillça söz lotinga ögiriladi va qoidalar böyiça qaytadan kirillga ögiriladi; natija asl sözdan farq qilsa, söz luğatga yoziladi. Bir xil lotinça yozilişli sözlardan eng köp işlatiladigani tanlanadi.
Mobil ilova (Flutter)
| Komponent | Kutubxona |
|---|---|
| Holat boşqaruvi | Riverpod + Hooks |
| Mahalliy saqlaş | Hive |
| Audio | audioplayers |
| Backend | pocketbase (Dart SDK) |
Ilova Android, iOS va Windows uçun bitta kod bazasidan yiğiladi.
Işga tuşiriş (veb)
npm install
npm run dev # http://localhost:3000
npm run build # production yig'ish
npm run lint
Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.