Boşlaş
Boşlaş
Imlo Go nima, qaysi qurilmalarda işlaydi, hisob nima beradi va natijalar qayerda saqlanadi.
2 daqiqa öqiş
Imlo Go — özbek tili imlosi bilan işlaş uçun oçiq va bepul platforma. Unda audio diktant yozib, xatolaringizni avtomatik tekşirasiz, özbekça sözlarda tez yozişni maşq qilasiz va matnlarni kirill, amaldagi lotin hamda yangi alifbo orasida ögirasiz.
Platforma bölimlari
| Bölim | Nima qiladi | Havola |
|---|---|---|
| Diktant | Audio eşitib yozasiz, tizim xatolarni topib baholaydi | Diktant |
| Tez yoziş | Özbekça sözlarda tezlik va aniqlik maşqi (eski, yangi lotin yoki kirill) | Tez yoziş |
| Translator | Kirill ↔ lotin ↔ yangi alifbo, 6 ta yönaliş | Translator |
| Hamjamiyat | Reyting va haftalik musobaqa | Hamjamiyat |
Qayerda işlaydi?
- Brauzer — imlogo.uz/app manzilida, heç narsa örnatmasdan. Telefon, planşet va kompyuterda işlaydi.
- Android, iOS va Windows — ilovalarni Ilovalarimiz sahifasidan yuklab oling.
Hisob oçiş şartmi?
Yöq. Barça bölimlardan mehmon sifatida töliq foydalaniş mumkin. Hisob qöşimça imkoniyatlar beradi:
| Imkoniyat | Mehmon | Hisob bilan |
|---|---|---|
| Diktant, tez yoziş, translator | ✅ | ✅ |
| Natijalar şu qurilmada saqlanadi | ✅ | ✅ |
| Natijalar istalgan qurilmada körinadi | — | ✅ |
| Hamjamiyat reytingi va haftalik musobaqa | — | ✅ |
| Profil: ketma-ket kunlar, tezlik ösişi grafigi | — | ✅ |
| Murojaat (xatolik, taklif) qoldiriş | — | ✅ |
Qanday kiriladi?
Yon paneldagi «Kiriş» tugmasini bosing va usulni tanlang:
- Google orqali — bitta bosiş bilan; ism va rasm Google hisobingizdan olinadi.
- Email va parol — röyxatdan ötişda ism, email va kamida 8 belgili parol kiritasiz. Emailni tasdiqlaş talab qilinmaydi.
Parolni unutgan bölsangiz, kiriş oynasidagi «Parolni unutdingizmi?» tugmasi emailingizga tiklaş havolasini yuboradi.
Natijalar qayerda saqlanadi?
- Mehmon bölsangiz — brauzer xotirasida, faqat şu qurilmada. Brauzer ma’lumotlarini tozalasangiz, ular öçadi.
- Kirgan bölsangiz — qurilmada va hisobingizda. Kirişdan oldin töplangan natijalarni «Natijalarim» → «Hisobga yuklaş» tugmasi bilan hisobga köçirasiz.
Yordam
- Ilovadagi «Murojaat qoldiriş» tugmasi — xatolik, taklif yoki savol.
- Telegram kanal: @imlogo — yangiliklar.
- Köp beriladigan savollar — Savol-javoblar.
Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.