Bölimlar
Tez yoziş
Özbekça tez yoziş maşqi: eski, yangi lotin va kirill yozuvlari, Ş Ç Ö Ğ ni oddiy klaviaturada teriş, WPM va aniqlik.
2 daqiqa öqiş
Tez yoziş bölimida ekranga çiqqan özbekça sözlarni iloji boriça tez va xatosiz terasiz. Har bir harf yoziş paytida tekşiriladi, maşq oxirida esa tezlik va aniqlik körsatiladi.
Sozlamalar
Yuqoridagi panel uç guruhdan iborat:
| Guruh | Variantlar |
|---|---|
| Yozuv | eski (amaldagi lotin), yangi (yangi alifbo), kirill |
| Qöşimçalar | tiniş belgilari, raqamlar |
| Rejim | vaqt — 15, 30, 60 yoki 120 soniya; sözlar — 10, 25, 50 yoki 100 ta |
Sozlamalar brauzerda eslab qolinadi.
Qanday maşq qilinadi?
- Sözlar maydonini bosing (kompyuterda darhol yozişni boşlaş mumkin).
- Vaqt birinçi harf terilganda boşlanadi.
- Har bir sözdan keyin böş joy (probel) bosing.
- Xato terilgan oldingi sözga Backspace bilan qaytiş mumkin.
- Qayta boşlaş — Tab yoki Esc; natija ekranida Enter.
Yangi alifboda yoziş
Köpçilik klaviaturalarda Ş, Ç, Ö, Ğ harflari yöq. Şuning uçun «yangi» yozuvida ularni odatdagidek teriş mumkin:
| Harf | Şunday tering |
|---|---|
| ş | s + h |
| ç | c + h |
| ö | o + ‘ (istalgan tutuq belgisi) |
| ğ | g + ‘ |
Birinçi belgini bosganingizda harf darhol yangi şaklda körinadi, ikkinçisi «yutiladi». Masalan, «maşhur» sözini m-a-s-h-h-u-r deb terasiz. Turkça klaviatura tartibida Ş, Ç, Ö, Ğ ni töğridan-töğri bossangiz ham böladi.
Kirill yozuvida operatsion tizimda kirill (özbek yoki rus) klaviatura tartibini yoqing.
Tutuq belgisi haqida: eski lotinda o‘, g‘ va tutuq uçun klaviaturadagi istalgan belgi — ' ’ ‘ ʻ ` — töğri deb qabul qilinadi.
Körsatkiçlar
| Körsatkiç | Ma’nosi |
|---|---|
| WPM | Daqiqasiga söz: töğri terilgan sözlar belgilari ÷ 5 ÷ daqiqa |
| Xom tezlik | Xatolarni hisobga olmagan tezlik |
| Aniqlik | Töğri bosilgan klavişlar foizi |
| Barqarorlik | Tezlik maşq davomida qançalik bir tekis bölgani |
| Belgilar | töğri / xato / ortiqça / tuşib qolgan |
Natija ekranida soniyama-soniya tezlik grafigi va şu sozlamalardagi oldingi eng yaxşi natijangiz körsatiladi.
Natijalar va reyting
Har bir maşq «Natijalarim» → «Tez yoziş» bölimiga yoziladi. Hisobingizga kirgan bölsangiz, natija serverga ham saqlanadi va hamjamiyat reytingiga qöşiladi. «Eng tez» reytingida aniqligi 75% dan past maşqlar hisobga olinmaydi.
Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.