QöllanmaSavol-javoblar

Boşlaş

Savol-javoblar

Imlo Go, yangi alifbo, translator, diktant va reyting haqida köp beriladigan savollarga javoblar.

2 daqiqa öqiş

Imlo Go bepulmi?

Ha. Diktant, tez yoziş maşqi, translator va reyting — barçasi bepul. Röyxatdan ötmasdan ham töliq foydalaniş mumkin.

Yangi özbek alifbosida nima özgaradi?

Törtta harf yangi şaklga ötadi: Oʻ → Ö, Gʻ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç. «ng» esa mustaqil harf sifatida alifbodan çiqariladi — n va g alohida yoziladi (tong, singil).

Kirill matnini lotin yoki yangi alifboga qanday ögiraman?

Translator bölimida matnni kiriting va yönalişni tanlang: kirill, amaldagi lotin va yangi lotin orasida 6 ta yönaliş bor. Natija yoziş bilan bir vaqtda çiqadi, uni nusxalaş yoki .txt fayl qilib yuklab oliş mumkin.

«Ishoq», «ashob» kabi sözlar töğri ögiriladimi?

Ha. Bu sözlarda «sh» bitta harf emas, alohida s va h tovuşlari. Translator 3 mingdan ortiq istisno sözlar luğatidan foydalanadi: Ishoq yangi alifboda ham Ishoq bölib qoladi, «shahar» esa «şahar» böladi. Kirillga ögirişda компьютер, цирк, район kabi sözlar ham töğri tiklanadi.

Klaviaturamda Ş, Ç, Ö, Ğ harflari yöq. Qanday yozaman?

Tez yoziş maşqida bu harflarni odatdagidek «sh», «ch», «o‘», «g‘» deb terişingiz mumkin — tizim ularni avtomatik yangi harfga aylantiradi. Translatorda esa maxsus tugmalar orqali qöyiladi.

Diktant qanday baholanadi?

Yozgan matningiz asl matn bilan sözma-söz soliştiriladi va xatolar tört turga ajratiladi: imloviy, punktuatsion, uslubiy va grafik. Natija 5 ballik baho va 100 ballik şkalada körsatiladi, har bir xato izohi bilan.

Hisob oçiş nima beradi?

Google yoki email orqali kirsangiz, diktant va tez yoziş natijalaringiz istalgan qurilmada saqlanadi, hamjamiyat reytingi va haftalik musobaqada qatnaşasiz, profilingizda tezlik ösişi grafigi va ketma-ket kunlar (streak) körinadi.

Haftalik musobaqa qanday ötadi?

Har duşanba 00:00 da (Toşkent vaqti) yangi hafta boşlanadi. Hafta davomida tez yoziş va diktant natijalari alohida reytingda hisoblanadi, ötgan hafta ğoliblari esa Hamjamiyat sahifasida körsatiladi.

Telefon yoki kompyuter uçun ilova bormi?

Ha — Android, iOS va Windows uçun ilovalar bor. Brauzer versiyasi esa heç narsa örnatmasdan istalgan qurilmada işlaydi.

Bu sahifada xato yoki tuşunarsiz joy bormi? Bizga yozing — tezda tuzatamiz.